BIZ HAQIMIZDA
'Ravonyoltravel.uz' O'zbekiston bo'ylab ichki turizm uyushtiruvchi kompaniya hisoblanadi. Tajribali mutaxassislar va 5 yillik tajriba bizning ustunligimiz garovidir.
Batafsil
Sayohatlar
Andijon viloyati – buyuk Boburning vatani, O‘zbekistonning maydoni bo‘yicha eng kichik, lekin aholi zichligi bo‘yicha eng katta viloyatidir. Mintaqaning tarixi miloddan avvalgi VI asrda paydo bo‘lgan qadimgi Dovon davlatidan boshlanishini ko‘pchilik bilmasa kerak. O‘sha vaqtlardan bu yerda sunʼiy sug‘orish, chorvachilik bilan qishloq xo‘jaligi rivojlantirdi, bundan tashqari, ushbu mintaqa “samoviy otlar” yashash joyi bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati O‘zbekistonning eng chiroyli va tog‘li manzaraga boy bo‘lgan joylaridan biridir. U Pomir-Oloy va Tyan Shan tog‘lari tizimi oralig‘idagi Farg‘ona vodiysida joylashgan.Bu joyni “Qadimiy sivilizatsiyaning beshigi” deb ham nomlashadi. Mazkur viloyatda juda ko‘p qadimiy yodgorliklar, arxitektura qoldiqlari va eski shahar xarobalari topilgan.
Namanganda qish juda yumshoq va manfiy haroratlar tez-tez uchrab turmaydi, ammo havo haroratining keskin sovishini ham ayrim paytlar kuzatish mumkin. Sayohat paytida issiq kiyimlarni ham eʼtibordan chetda qoldirmang. Yozda barqaror issiq bo‘ladi, bunday paytda bosh kiyimda yurish hamda iloji boricha ko‘proq suv ichish tavsiya etiladi.Shahar o‘z nomini “Namak Kon” iborasidan olgan bo‘lib, fors tilida “tuz koni” degan maʼnoni anglatadi.